19:27 / 22.06.2015
1864

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qirg‘izistonni uchta o‘yinda ham mag‘lub etdi

Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi yig‘in davomida Qirg‘izistonga qarshi uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgandi.

Ushbu uchrashuvlarning dastlabkisida O‘zbekiston 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Shundan keyin, 20 va 21 iyun kunlari ushbu jamoalar yana ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinlar ham O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabasi bilan yakun topdi.

20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Artur Yunusovning xet-triki 3:2 hisobidagi g‘alabani ta'minlagan bo‘lsa, yakushanba, 21 iyun kuni o‘tkazilgan jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvida o‘zbekistonliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Futzal. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

Toshkent, "O‘zbekiston" sport majmuasi, 20.06.2015

O‘zbekiston - Qirg‘iziston 3:2

Gol: A.Yunusov (3, 21, 23) - R.Gafurov (12), M.Abdukadirov (14)

O‘zbekiston: Oleg Tukmakov, To‘ychi Berdiyev, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Dilshod Raxmatov, Farhod Abdumavlonov, Maqsud Fayzullayev, Nodir Eliboyev, Davron Choriyev, Eldor Hoshimov, Alan Aminov, Feruz Faxriddinov, Toxir Abdurazzoqov, Ilhom Xamroyev, Oybek Polvonov.

Qirg‘iziston: Kirill Yermolov, Ulan Baygaziy, Mirlan Abdukadirov, Sirgak Molubayev, Ruslan Gafurov, Ruslan Yermekov, Ilias Chotbayev, Iliaz Zamirbekov, Maksat Alimov, Dastan Rispekov, Erlan Musayev, Daniar Asakov, Kelkel Anarbekov, Mars Desembayev.

Ogohlantirishlar: F.Faxriddinov 12

Futzal. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Toshkent, "O‘zbekiston" sport majmuasi, 21.06.2015
Qirg‘iziston - O‘zbekiston 3:5
Gollar
: S.Malubayev (17), U.Baygaziy (28), R.Gafurov (30) - N.Eliboyev (4), K.Sviridov (6, 16) F.Faxriddinov (38), F.Abdumavlonov (39)

Qirg‘iziston: Ulan Baygaziy, Mirlan Abdukadirov, Sirgak Molubayev, Ruslan Gafurov, Ruslan Yermekov, Ilias Chotbayev, Iliaz Zamirbekov, Maksat Alimov, Dastan Rispekov, Erlan Musayev, Daniar Asakov, Kelkel Anarbekov, Mars Desembayev.

O‘zbekiston: Rustam Umarov, A'zam Matvaliyev, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Nodir Eliboyev, Davron Choriyev, Sirojiddin Mahmudov, Ilhom Xamroyev, Maqsud Fayzullayev, Andrey Shlema, Feruz Faxriddinov, Oybek Polvonov, Sunnat Kuralov, Islom Biturayev

Top