06:17 / 23.06.2015
1414

«Manchester Yunayted» Ramos va Shvaynshtayger bilan qiziqishda davom etmoqda

“Manchester Yunayted” klubi yozgi transferlar paytida himoya va maydon markazini kuchaytirmoqchi.

Mankunianlar “Real” himoyachisi Serxio Ramos va “Bavariya” yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

“Manchester Yunayted” Ramosga “Real” qiziqish bildirayotgan o‘z darvozaboni David De Xeani almashishga tayyor. Avvalroq Ramos “Real”ni tark qilishga qaror qilgani, De Xea esa Ispaniyaga qaytishni istayotgani ma'lum qilingandi.

Lui van Gal Shvaynshtaygerga “MYu”ning maydon markazini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi sifatida qaramoqda. Futbolchining “Bavariya” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi, shuning uchun uning transferi 10 mln yevroga baholanmoqda.

Top