16:45 / 24.06.2015
2266

Andrey Shipilov "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgach, birinchi davradan so‘ng "Paxtakor"dagi o‘z lavozimini topshirishi ma'lum bo‘ldi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, agar jamoaning moliyaviy holati o‘nglanmasa va chet eldan murabbiy olib kelish imkoni bo‘lmasa, unda jamoani Andrey Shipilov boshqaradi.

2007 yildan beri "Paxtakor"da faoliyat olib borayotgan mutaxassis, jamoaning jismoniy holatiga javob berib kelayotgandi. 

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" futbol maktabida tahsil olgan Shipilov, futbolchilik faoliyatining aksar qismini "Andijon" klubida o‘tkazgan.

Top