14:54 / 24.06.2015
2776

Firminoning transferi bundesliga tarixidagi rekord natijani qayd etdi

“Xoffenxaym” futbolchisi Roberto Firminoning “Liverpul”ga transferi bundesligada rekord o‘rnatdi.

Bild bergan xabarga ko‘ra, “Liverpul” futbolchi uchun 41 mln yevro to‘laydi. Bu ma'lumot tasdiqlansa, ushbu transfer bundesliga tarixidagi eng qimmat natija bo‘ladi.

Bundesliga jamoalari ishtirokidagi eng qimmat 5ta transfer quyidagilar:

1. Roberto Firmino (“Xoffenxaym” – “Liverpul”) – 41 million yevro

2. Xavi Martines  “Atletiko Madrid” – “Bavariya”) – 40 mln

3. Edin Djyeko (“Volfsburg” – “Manchester Siti”) – 37,5 mln

4. Mario Gettse (“Borussiya Dortmund” – “Bavariya”) – 37 mln

5. Andre Shyurrle (“Chelsi” – “Volfsburg”) – 32 mln.

Eslatib o‘tamiz, kelishuv Amerika kubogi tugaganidan so‘ng, futbolchi “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tgach butunlay rasmiylashtiriladi. 

Top