12:57 / 24.06.2015
1834

Lusio Hindistonning "Goa" jamoasiga o‘tdi

Mashhur braziliyalik futbolchi Lusio Hindistonning “Goa” jamoasiga o‘tdi.

Klub o‘z tvitterida 37 yoshli himoyachining jamoa tarkibiga o‘tgani haqida ma'lum qildi.

Futbolchi o‘zining avvalgi jamoasi “Palmeyras” tarkibida o‘tgan yilgi mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Braziliya terma jamoasi tarkibida Lusio 2002 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, terma jamoa tarkibida 107 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 4 ta gol kiritgan. 

Top