06:47 / 24.06.2015
1597

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Aleksandra Kotlyarova Osiyo Gran-Prisida kumush medal oldi

Tailandda uch bosqichdagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisi turkumiga kiruvchi musobaqalar boshlandi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi shu haqda xabar berdi.

Musobaqaning ikkinchi bosqichi 25 iyun kuni Patxumtxani provinsiyasida, uchinchi bosqichi esa 29 iyun kuni Chantxaburi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolaridan nayza uloqtirishda Bobur Shokirjonov hamda uchtalik sakrashda Aleksandra Kotlyarova qatnashmoqda.

Dastlabki bosqichda Aleksandra Kotlyarova 13.76 m. natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Sportchimizni olti santimetrga ortga qoldirgan Xitoylik Li Xiaohong birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Nayza uloqtirish bahsida Bobur Shokirjonov 72.09 natija bilan beshinchi pog‘onani band etdi.

Top