16:14 / 25.06.2015
1452

Braziliya termasi Amerika Kubogi-2015 finaliga chiqa olmasa, Neymarning diskvalifikatsiyasi keyingi turnirlarga ta'sir qiladi

FIFA Braziliya terma jamoasi sardori Neymarni Amerika Kubogi-2015 turnirining guruh bosqichida Kolumbiyaga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari uchun turnir davomidagi 4 o‘yindan diskvalifikatsiya qilgandi.

Endi bu diskvalifikatsiya terma jamoaning barcha o‘yinlariga daxldor qilib qo‘yildi. Braziliya Amerika Kubogining chorak finalida 26 iyun kuni Paragvayga qarshi o‘ynaydi.

Ya'ni, agar Braziliya terma jamoasi finalga chiqa olmaydigan bo‘lsa, Neymar shu yilning oktabrida o‘tkaziladigan JCh-2018 saralashining dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Top