17:40 / 26.06.2015
2441

Denis Istomin Nottingemdagi turnir finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida davom etayotgan «AEGON Open» tennis turniri final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Istomin yarim finalda kiprlik mashhur tennischi Markus Bagdatisni mag‘lubiyatga uchratib mazkur yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Kun.Uz’ning aniqlik kiritishicha, Toshkent vaqti bilan 16:15da boshlangan uchrashuvda Markus Bagdatis 2:1 hisobida oldinda borayotgan va o‘z to‘p oshirayotgan geymda Istomin ikkinchi marta «breyk-point» imkoniyatini qo‘lga kiritgandi. Biroq mazkur vaziyatda kiprlik tennischi jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmasligi ma'lum bo‘ldi.

Endi Istomin ertaga bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida maydonga chiqadi. Istomin raqibini aniqlab beradigan ikkinchi uchrashuvda ukrainalik Aleksandr Dolgopolov AQSh vakili Sem Kuerriga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan chorak finalda Denis Istomin musobaqaning to‘rtinchi tartib raqamidagi tennischisi Leandro Mayyerni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Top