00:03 / 26.06.2015
4070

Denis Istomin yarim finalga yo‘l oldi

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida davom etayotgan "AEGON Open" tennis turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirib kelmoqda. Qizig‘i shundaki, unda ishtirok etayotgan mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb yozadi sports.uz.
Mazkur bosqichda hamyurtimiz ATP reytingida 21-pog‘onada borayotgan argentinalik Leanardo Mayyerni 2 soatu 18 daqiqa davom etgan murosasiz va qiyin kechgan bellashuvda 6/3, 6(8)/7, 7(6)/6 hisoblarida taslim etdi. Ushbu natijadan so‘ng tomonlarning o‘zaro uchrashuvlari 2:1 ko‘rinishini oldi. Albatta, Denis foydasiga.
Istominning yarim finaldagi raqibi italiyalik Simone Bolelli musobaqadan chiqarib yuborgan kiprlik Markos Bagdatis bo‘ladi.
AEGON Open
Nottingem, Buyuk Britaniya
21 – 27 iyul 2015
Mukofot jamg‘armasi – 644 065 funt
Chorak final
Markos Bagdatis (Kipr) – Simone Bolelli (Italiya) - 6:4, 6:4
Denis Istomin (O‘zbekiston) – Leonardo Mayyer (Argentina) - 6:3, 6:7, 7:6.
Keyingi yarim final ishtirokchilari quyidagi juftliklari bahslaridan so‘ng ma'lum bo‘ladi.
Sem Kuerri (SShA) – Jil Simon (Fransiya)
Aleksandr Dolgopolov (Ukraina) – Lu Yen-Xsun (Tayvan)

Top