08:03 / 26.06.2015
3062

Kavanini maydondan nohaq haydagan hakam Amerika Kubogi-2015 turniridan chetlatildi

25 iyun kuni Amerik Kubogi-2015 turnirining chorak finalida Chili va Urugvay terma jamoalari bahsini boshqargan braziliyalik hakam Sandro Richchi turnirning qolgan o‘yinlarida ishlay olmasligi ma'lum bo‘ldi.

U o‘sha uchrashuvning 63 daqiqasida urugvayliklar hujumchisi Edinson Kavaniga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatgandi.

Edinson Kavaniga nisbatan Chili terma jamoasi futbolchisi Gonsalo Xara provokatsiya ishlatgan. Ammo Xara bu vaziyatni to‘g‘ri baholamagan, deb topildi. Bu xatosi uchun hakam Sandro Richchi Amerika Kubogi musobaqasidan chetlatildi.

Shuningdek, Gonsalo Xara ham musobaqaning oxirigacha diskvalifikatsiya qilingan.

Top