17:54 / 26.06.2015
2567

Rimda o‘zbekistonlik bokschi Oybek Mamazulunov fransiyalik raqibi bilan reyting uchrashuvi o‘tkazadi

Joriy yilning 27 iyun kuni Rim shahrida 81 kg gacha vazn toifasidagi APB (AIBA Pro Boxing) turnirining birinchi silsilasi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu kecha doirasida ikkita jang o‘tkaziladi: o‘zbekistonlik Oybek Mamazulunov (reytingda yettinchi) fransiyalik Mishel Serj (reytingda oltinchi) bilan reyting jangini o‘tkazadi, shuningdek, rossiyalik bokschi Nikita Ivanov (reytingda beshinchi) jazoirlik raqibi Abdulhadif Benshablga (reytingda sakkizinchi) qarshilik ko‘rsatadi.
Ilgari Mamazulunov Serj bilan APB reyting turniri doirasida uchrashgan bo‘lib, unda fransiyalik bokschining qo‘li baland kelgan edi.

Top