15:34 / 27.06.2015
2833

Arda Turon Simeonening o‘yin uslubi tufayli "Atletiko"dan ketishni istamoqda

"Atletiko" jamoasining turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turon jamoa rahbariyatiga boshqa jamoaga o‘tmoqchiligi haqida ma'lum qilgan.
 
Xabar qilinishicha, bu futbolchi o‘ziga jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeonening o‘yin uslubi va futboldagi qarashlari ma'qul emasligini bildirgan hamda shu sababli "Atletiko"ni tark etmoqchi.
 
U jamoa bilan hech qanaqa muammosi yo‘qligini, mavjud shartnomaning moliyaviy jihatlaridan ham norozi emasligini, bu boshqa jamoalar ko‘proq pul taklif qilishi bilan bog‘liq emasligini ta'kidlagan.
 
"Atletiko" uni qo‘yib yuborishni istamaydi, ammo futbolchi qolishni istamasa unga qarshilik ham ko‘rsata olmaydi.
 
Ayni vaqtda Turonga "Barselona", "PSJ" va "Manchester Yunayted" jamoalaridan jiddiy takliflar mavjud.
 
Ma'lumot uchun, ushbu 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Atletiko" bilan La-liganing 28 o‘yinida qatnashgan va 2ta gol urib, 4ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Top