10:14 / 27.06.2015
10469

Yevropa o‘yinlarida ukrainalik bokschi Rossiya bayrog‘iga hurmatsizlik qildi

Bokuda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa o‘yinlarida boks bo‘yicha 46 kg.dan 49 kg.gacha vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan ukrainalik bokschi Dmitriy Zamotayev sovrindorlarni taqdirlash paytida Rossiya bayrog‘iga hurmatsizlik qildi.

Ushbu vazn toifasida rossiyalik Bator Sagaluyev oltin medal sohibi bo‘ldi. 2-o‘rinni Irlandiya vakili Brendan Irvinn, 3-o‘rinni esa turkiyalik Muhammad O‘nlu va ukrainalik bokschi qo‘lga kiritdi.

Ukrainalik sportchi sovrindorlarni taqdirlash marosimida bayroqlar ko‘tarilishi paytida namoyishkorona tarzda Rossiya bayrog‘i tomonga burilmadi.

Top