08:56 / 27.06.2015
1913

"Yuventus" Pirloning o‘rniga Iskoni olib kelmoqchi

"Real" jamoasining yosh yarim himoyachisi Iskoga "Yuventus" jamoasi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Ispaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan 23 yoshli bu futbolchi turinliklar tomonidan Pirloga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Bungacha "Yuventus" bu o‘ringa "Chelsi" futbolchisi Oskarni olib kelmoqchi bo‘layotgandi.

Qayd etilishicha, "Real" Isko bilan shartnomaning bir tomonlama buzilishi uchun 150 mln yevro miqdoridagi mablag‘ni belgilab qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, shu yozda "Real"ning yana bir futbolchisi Sami Xedira erkin agent maqomida "Yuventus"ga o‘tgandi.

Ma'lumot uchun, Isko o‘tgan mavsumda "Real" bilan Ispaniya chempionatining 34 o‘yinida maydonga tushgan va 4 gol urib, 9ta golli pas uzatgan.

Top