18:16 / 28.06.2015
1780

Benites Ramosning ketishiga ijozat bermoqchi emas

“Real”ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoa yarimhimoyachisi Serxio Ramosni hech qayerga qo‘yib yubormoqchi emas, deb xabar bermoqda As.com portali.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, murabbiy asosan futbolchining yetakchilik sifatlari uchun unga qiziqish bildirmoqda. Ushbu holat Benites “Liverpul”ga murabbiylik qilgan kezda Stiven Jyerrard atrofida yuzaga kelgan vaziyatga o‘xshash tus olmoqda. O‘shanda Stivi Ji “Chelsi”ga o‘tishiga yaqin turganida, murabbiy uni jamoada qolishga ko‘ndira olgandi va bu bejiz bo‘lmagan, chunki mersisaydliklar Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishgan edi.

Ma'lum qilinishicha, “Real” prezidenti Florentino Peres va yarim himoyachi Los-Anjyelesdan qaytganidan keyin ushbu masala yuzasidan uchrashishga kelishib olishgan.

Top