20:39 / 28.06.2015
2299

Rossiyalik plyaj futbolchilari Yevropa o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdilar

Plyaj futboli bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Yevropa o‘yinlarining oltin medali sohibiga aylandi. Musobaqaning finalida rossiyalik futbolchilar Italiya terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdilar.

Musobaqaning guruh bosqichida “Skuadra Adzurra” termasi Rossiyani 6:4 hisobida mag‘lub etganligi sababli oltin medal uchun asosiy da'vogar sifatida qaralayotgan edi. Biroq rossiyaliklar uchrashuvni shiddatli tarzda boshlab, 17-daqiqada 3:0 hisobida oldinda borayotgan edilar. Italiyaliklar hisobni minimal farqqacha qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq bundan ortig‘iga kuchlari yetmadi.

Musobaqaning bronza medalini Shveytsariya ustidan 6:5 hisobida g‘alaba qozongan Portugaliya termasi qo‘lga kiritdi.

Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik “plyajchilarni” g‘alabalari bilan tabrikladi. “Bizning terma jamoamiz ushbu g‘alabasi bilan milliy sportimiz tarixida o‘chmas, yorqin iz qoldirdi, muhim yuqori cho‘qqini zabt etdi. Barchangizni tabriklayman! Shunqorlar!”, deb aytdi Putin.

Top