17:34 / 29.06.2015
3793

Samvel Babayan jurnalistlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan sport jurnalistikasi sohasida faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan norasmiy uchrashuv tashkil etdi.

Ushbu yig‘ilishni uyushtirish g‘oyasi milly terma jamoanig yangi bosh murabbiyidan chiqqan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad yurtimizda futbolni yoritayotgan barcha nashrlar vakillari bilan tashib olish, ularning g‘oya, taklif va tanqidlarini tinglash, birgalashib ularni bartaraf etish va eng muhimi milliy terma jamoa atrofida barcha, shu qatorda jurnalistlarni ham birlashtirish, bir maqsad yo‘lida hamjihatlikda ish olib borishdan iborat edi.

Davra suhbati shaklida o‘tgan bu yig‘ilishda mutlaqo ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bosh murabbiy jurnalistlarning barcha savollariga javob berdi. Ularni qiziqtirgan barcha muammolarga oydinlik kiritdi. Jurnalistlar terma jamoa bilan ishlashda shu vaqtgacha yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida bosh muarbbiyga gapirib, ularga yana duch kelmaslik uchun amaliy yordam berishini so‘rashdi va terma jamoalar markazi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. 

Top