12:21 / 29.06.2015
5585

Yuzlab "Eynshteynlar" Los-Anjyeles ko‘chalariga chiqishdi

28 iyun kuni Los-Anjyeles shahrida "Eynshteynlar" fleshmobi o‘tkazildi. Bu tadbirda qatnashgan yuzlab odamlar olimning qiyofasiga kirishdi. Albert Eynshteyndagi kabi mo‘ylov va parik taqqan kishilar ko‘chalardan yurib o‘tishdi hamda Ginnes rekordini o‘rnatishga harakat qilishdi. Bu haqda Mirror nashri xabar qilgan.

Bu tashabbuschilar bundan oldingi rekordni o‘rnatishni maqsad qilishgandi. Avvalgi fleshmob shu yilning mart oyida Kaliforniya shtatidagi Berkli maktabi vakillari tomonidan uyushtirilgan va unda Black Pine Circle School maktabidan 319 "Eynshteyn" ishtirok etgan.

Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tgan fleshmob ishtirokchilaridan biri 81 yoshli Benni Vassermanning aytishicha, bu xayriya tadbiridan tushgan mablag‘lar «School on Wheels» nomli bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun sarflanadi.

Qayd etish joizki, joriy yilda Eynshteynning "Nisbiylik nazariyasi" haqidagi maqolasi chop etilganiga 100 yil to‘ladi. Ushbu fizik olim bu boradagi tadqiqotlari uchun 1921 yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgandi.

Top