10:17 / 01.07.2015
1573

«Arsenal» Vargasni 16 million yevro evaziga xarid qilishi mumkin

"Arsenal” Italiyaning “Napoli” jamoasi bilan 25 yoshli futbolchi Eduardo Vargas borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Ushbu transfer narxi 16 million yevroga baholanyapti.

Vargasning “Arsenal”ga o‘tishida uning terma jamoadoshi Aleksis Sanches katta rol o‘ynashi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni Vargas “KPR” tarkibida ijarada o‘tkazgandi. U bu jamoa tarkibida 21 marta maydonga tushgan hamda bu o‘yinlarda 4 gol urib, 2 marta golli pas uzatgan.

Top