09:22 / 01.07.2015
2163

"Sho‘rtan" va "Metallurg" bahsi o‘yin hakamlarining kechikishi tufayli o‘z vaqtida boshlanmadi

Futbol bo‘yicha 2015 yilgi O‘zbekiston chempionatining Oliy ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv belgilangan vaqtdan 1,5 soat kech boshlandi.

Bunga avvaliga issiq harorat sabab bo‘lgani aytilgan. Lekin ma'lum bo‘lishicha, o‘yin hakamlari G‘uzor shahriga o‘z vaqtida yetib borishmagani bunga sabab bo‘lgan.

Ushbu o‘yin 30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi kerak bo‘lgan, ammo stadionga tashrif buyurgan 4756 nafar muxlis o‘yin boshlanishini soat 20:30gacha kutishgan.

O‘yinni toshkentlik Dmitriy Pislegin boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqargan. O‘yinda mehmonlar, "Metallurg" jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Top