11:02 / 02.07.2015
3186

UYeFA Superkubogiga chiqarilgan chiptalarga talab juda past bo‘lmoqda

UYeFA Superkubogi o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar savdosining ikkinchi bosqichi ham omadsizlikka uchradi. Chiptalar har ikki bosqichda on-layn rejimda sotuvga chiqarilgan edi. Bu bilan Gruziya UYeFA Superkubogi uchun chiqarilgan chiptalarni on-layn rejimda sota olmagan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA Superkubogi uchun bahs 11 avgust kuni Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadi. Endi Gruziya futbol federatsiyasi chiptalarni kassalar orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi. Superkubok uchun Ispaniyaning ikki klubi “Barselona” va “Sevilya” maydonga tushadi.

Top