11:48 / 03.07.2015
3010

FIDE shaxmatchilarning yangi reytingini e'lon qildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2015 yilning 1 iyul kuni sportchilarning yangi reytingini e'lon qildi.

Quyida, dunyo va O‘zbekistonning eng kuchli o‘ntaligidan o‘rin olgan sportchilar ro‘yxati berilgan:

Erkaklar
Dunyoning kuchli o‘ntaligi: Magnus Karlsen (Norvegiya) 2853, V.Anand (Hindiston), V.Topalov (Bolgariya) – 2816 ochkodan, X.Nakamura 2814, F.Karuana (har ikkisi AQSh) 2797, A.Giri (Gollandiya) 2791, V.Kramnik (Rossiya) 2783, U.So (AQSh) 2780, A.Grishchuk (Rossiya) 2771, L.Aronyan (Armaniston) 2765.

O‘zbekistonning kuchli o‘ntaligi: Rustam Qosimjonov 2704, Anton Filippov 2591, Jahongir Vohidov 2525 (-10), Mixail Saltayev 2495, Marat Jumayev 2493 (-9), Saydali Yo‘ldoshev 2471, Aleksey Barsov 2455, Tohir Vohidov 2445, Nodirbek Abdusattorov 2432 (-11), Akmal Fayzullayev 2419 (+1).

Xotin-qizlar
Dunyoning kuchli o‘ntaligi: Xou Ifan (Xitoy) 2676, Yu.Polgar (Vengriya) 2675, X.Koneru (Hindiston) 2589, N.Dzagnidze (Gruziya) 2573, Tszyuy Ventszyun (Xitoy) 2550, A.Muzichuk (Ukraina) 2549, V.Gunina (Rossiya) 2548, V.Chmilite (Litva) 2534, Ye.Lagno (Rossiya) 2530, M.Muzichuk (Ukraina) 2528.

O‘zbekistonning kuchli o‘ntaligi: Nafisa Mo‘minova 2318, Sarvinoz Qurbonboyeva 2264 (+22), Gulruhbegim Tohirjonova 2230 (-16), Irina Gevorgyan 2206, Bahora Abdusattorova 2183 (-49), Xulkar Tohirjonova 2150, Sevara Boymurotova 2127, Olga Sabirova 2116, Nodira Nodirjonova 2099, Maftuna Mamatqulova 2026.

Top