10:24 / 03.07.2015
8740

Rustam Qosimjonovning rafiqasi ikki chempion qanday tanishgani haqida gapirib berdi

Shaxmat bo‘yicha 2004 yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonovning turmush o‘rtog‘i, gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Feruza Qosimjonova Elnora Nosirliga bergan intervyusida ikki chempion qanday tanishgani va ularning taqdirini nima bog‘lagani haqida gapirib berdi.

“Biz samolyotlar va aeroportlarda bir necha bor to‘qnash kelganmiz, va oxir-oqibat tanishganmiz. U menga qarab turganini sezsam ham, tanishuvimizga ko‘p vaqt ketdi, axir u menga hech yaqinlashmas edi, – dedi mashhur gimnastikachi jurnalist bilan muloqot chog‘ida. – Bir kuni u menga yaqinlashib, telefon raqamimni so‘radi, bunda o‘zining professional sportchi ekanligini aytdi. Men ham o‘zimning sportchi ekanligimni aytdim. Sohalarimizning yaqinligi ham ma'lum darajada yordam berdi, shundan so‘ng biz ancha yaqinlashib ketdik”.

Bundan tashqari, Qosimjonova chempionlarning to‘yi tafsilotlarini ham bayon qildi:
“Gap shundaki, Rustamning turnirlaridan biri bekor qilindi, va o‘sha kunlarda to‘yni o‘tkazishga qaror qildik. Shu tariqa, turnir o‘rniga to‘y o‘tkazdik. Barcha tayyorgarlik ishlari bir oy ichida olib borildi. Shunga qaramay, biz ikkita joyda to‘y o‘tkazdik: birinchi Toshkentda, u yerda to‘yimizni yangiliklardan translyatsiya qilishdi, ikkinchisi Buxoroda, u yerda men omadli sportchi sifatida tanilgan va hatto go‘zallik tanlovini yutgan edim”.

Top