15:16 / 04.07.2015
1676

Podolski bugun "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolaydi

Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Lukash Podolki “Galatasaroy”ga o‘tishga yaqin turibdi. Sky Sports’ning ma'lum qilishicha, transfer bugun (04.07.2015) to‘liq yakunlanadi.

Bu ma'lumotni “Galatasaroy” klubi rasmiy tvitteri ham tasdiqladi. Bugun mahalliy vaqt bilan 16:30 Podolski bilan shartnoma imzolanadi.

Avvalroq, “Galatasaroy” 30 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib borayotgani hamda transfer narxi 2 mln ekanini tasdiqlagan edi. Podolski joriy mavsumning ikkinchi yarmini “Inter”da ijara asosida o‘tkazdi. Futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi 2016 yilning yozigacha belgilangan edi. 

Top