13:50 / 06.07.2015
1852

«Barselona» prezidentligiga nomzodlardan biri jamoaga Marko Verrattini olib kelmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidentligi uchun nomzodlardan biri bo‘lgan Toni Freysha «PSJ» yarimhimoyachisi Marko Verrattining agenti Donato de Kampli bilan uchrashdi.

«Chempionat.com» nashrining yozishicha, agar Freysha saylovlarda g‘alaba qozonsa, Verrattini kataloniyalik safiga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Agar Freysha prezident bo‘lsa, Luis Enrikega mazkur futbolchini sotib olish imkoniyatini beradi va futbolchining agenti ikkala klub o‘rtasidagi muzokaralarni boshlaydi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, «Barselona» prezidentligi uchun saylovlar joriy yilning 18 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Top