08:38 / 06.07.2015
3961

Futbol bo‘yicha AQSh ayollar terma jamoasi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi

Kanadaning Vankuver shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa finalida AQSh va Yaponiya terma jamoalari qizlari bellashishdi. AQSh 5:2 hisobida Yaponiya ustidan g‘alaba qozonib, uchinchi bor jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning bronza medallarini Germaniyani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etgan Angliya terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

AQSh terma jamoasi 1991 va 1999 yillardagi jahon chempionatining g‘olibi bo‘lgan.

Top