21:51 / 08.07.2015
6722

Putin: Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti sentabrda Tojikistonda bo‘lib o‘tadi

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammiti 15 sentabrda Tojikistonda bo‘lib o‘tadi.

“Biz KXShT sammitini Tojikistonda 15 sentabrda o‘tkazishga tayyorgarchilik ko‘rmoqdamiz”, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvi davomida.

Putin Tojikiston KXShTda raislik qilish paytida erishgan yutuqlarini ta'kidlab o‘tdi. Putin Tojikistonning KXShTdagi raisligi davomida harbiy mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilganin ta'kidlab o‘tdi. Putin Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapira turib, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan yilda “barcha qiyinchiklarga qaramasdan” 21 foizga oshganini eslatib o‘tdi.

O‘z navbatida Emomali Rahmon Tojikiston va Rossiya strategik hamkor hisoblanishlari va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi. Rahmon Putinga avval imzolangan, shu jumladan KXShT doirasidagi kelishuvlarni muhokama qilishni taklif qildi.

Top