11:43 / 08.07.2015
3346

Qozog‘iston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik shartnomasi imzolandi

Ostonada Qozog‘iston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi. Hujjatni imzolash marosimi Qozog‘iston-Hindiston biznes forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat bosh vazirlari Karim Masimov va Narendra Modi ishtirok etdi.
Zakon.kz resursining xabar qilishicha, ushbu yo‘l xaritasi energetika, mashinasozlik, metallurgiya, axborot texnologiyalari, kimyo sanoati va farmatsevtika sohalaridagi 26 loyihani o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston yetakchisi Narendra Modi O‘rta Osiyo turnesi doirasida O‘zbekistonda bo‘lib, so‘ng Qozog‘istonga yo‘l oldi.

Top