23:44 / 09.07.2015
3354

Mariya Sharapova Uimbldonning yarimfinalida Serena Uilyamsga imkoniyatni boy berdi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova (4-raqamli tennischi) tennis bo‘yicha Uimbldon musobaqasining finaliga chiqa olmadi. Sharapova musobaqaning yarimfinalida jahonning 1-raqamli ayol tennischisi Serena Uilyamsga navbatdagi galda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 2:6, 3:6 hisobi bilan Uilyams foydasiga yakunlandi. Tennischilar kortda 1 soat 18 daqiqa o‘tkazishdi.

Finalda Uilyams ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa (20-raqamli tennischi) bilan uchrashadi.

Top