18:15 / 09.07.2015
13022

Muxlislar Messi Argentina termasini tark etishi kerak deb hisoblashmoqda

El Mundo Deportivo nashri o‘z o‘quvchilari orasida Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining milliy terma jamoasi safida o‘yiniga doir so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, aksariyat muxlislar Amerika kubogidagi mag‘lubiyat tufayli Messi sha'niga bo‘lgan tanqidlardan so‘ng, futbolchi milliy terma jamoani tark etishi kerak deb hisoblamoqda.

So‘ralganlarning 84 fozi shu fikrdaligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi Amerika kubogi finalida Chili va Argentina termalar o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng keskin tanqidlarga uchradi. Penaltilar seriyasida argentinaliklar 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Top