16:50 / 09.07.2015
2931

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo birinchiligida 174 medalni qo‘lga kiritishdi

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan an'anaviy taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq birinchiligida O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Jamoa vakillari erkaklar va ayollar, o‘smirlar va faxriylar toifalari bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda yakkalik hamda mashq bajarish orqali qo‘lga kiritgan 174 medalning 58tasi oltin hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, ushbu turnirda AQSh, Afg‘oniston, Ozarboyjon, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan 289 nafar sportchi ishtirok etdi.

Top