11:32 / 09.07.2015
5837

Samsung Galaxy J2 smartfonining tavsifi oshkor qilindi

Samsung kompaniyasi boshlang‘ich bosqichdagi Galaxy J2 smartfonini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning ishchi nomi SM-J200Fdir.
Apparatning asosini to‘rtta 32 bitli yadroga ega Exynos protsessori tashkil qiladi. Operativ xotira hajmi 1.5 Gbayt.
Smartfon 4.5 dyuymli 800X480 yechimli sensorli displeyga ega bo‘ladi. Frontal kamera 2, asosiy kamera 5 mP.
Apparat flesh-moduli 8 Gbayt, shuningdek, unga microSD kartasini o‘rnatsa bo‘ladi. Akkumulyator quvvati – 2000 mA/soat. Gabaritlari — 136×69×8.3 mm.
Dastavval smartfonga Android 5.1.1 Lollipop operattsion tizimi o‘rnatiladi. Apparat narxi 120 dollar bo‘ladi.

Top