13:49 / 10.07.2015
3555

Imomali Rahmon: yashil iqtisodiyotning yaratilishi jahon taraqqiyotining birinchi shartidir

Yashil iqtisodiyotning yaratilishi jahon taraqqiyotining birinchi shartidir. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon BRIKS va ShHT davlatlari rahbarlarining “Mamlakatlarimiz xalqlarining farovonligini oshirish” mavzuidagi norasmiy uchrashuvidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Tojikiston yetakchisi xalqlarning kerakli darajadagi turmush farovonligini ta'minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator global muammolarga e'tibor qaratdi. Uning fikricha, bu yo‘ldagi asosiy to‘siqlar oziq-ovqat, energetika, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar, shuningdek, sayyora iqlimining isib ketishidir.
“Aynan shu tufayli muqobil energiya manbalariga asoslangan yashil iqtisodiyotga o‘tish ushbu muammolarni hal qilib, jahon taraqqiyotini belgilab beradi”, – xulosa qildi Rahmon.

Top