08:43 / 10.07.2015
2852

KONKAKAF turnirida 1 tur o‘yinlari yakunlandi

8 iyul kuni Shimoliy Amerika mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasida KONKAKAF kubogi start oldi.

Mintaqadagi 12ta terma jamoaga 3ta guruh tashkil etgan holda musobaqalarga kirishgan. Turnirga AQSh mezbonlik qilmoqda. O‘yinlar mamlakatning Atlanta, Baltimor, Boston, Sharlott, Chikago, Dallas, Xyuston, Kanzas-Siti, Los-Anjyeles, Nyu-York, Filafelfiya, Finiks va Toronto shaharlarida o‘tkaziladi.

8 iyul kuni o‘tkazilgan "A" guruhi uchrashuvlaridan keyin Gondurasni mag‘lub etgan AQSh guruhda yetakchilik qilmoqda. Panama va Gaiti uchrashuvi durang hisobda yakunlangan.

AQSh - Gonduras 2:1
Gollar: Dempsi (25), Dempsi (64) - Diskua (69)

Panama - Gaiti 1:1
Gollar: Kintero (56) - Nazon (86)

9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan "V" guruhi bahslarida Kosta-Rika Yamayka bilan, Salvador esa Kanada bilan durang hisoblarni qayd etdi.

Kosta-Rika - Yamayka 2:2
Gollar: Miller (33), Makkanuf (48) - Makkliri (13), Ramires (37)

Salvador - Kanada 0:0

10 iyul kuniga belgilangan "C" guruhi uchrashuvlari gollarga boy bo‘ldi. Dastlab "Soldir Fild" o‘yingohida Trinidad va Tobago terma jamoasi Gvatemalani qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu o‘yin yakunlanganidan keyin stadionga tushib kelgan Meksika va Kuba terma jamoalari o‘rtasidagi bahs hisobida meksikaliklarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Trinidad va Tobago - Gvatemala 3:1
Gollar: Bato (11), Kato (14), Jons (25) - Ruis (62)

Meksika - Kuba 6:0
Gollar: Peralta (17), Karlos Vela (22), Peralta (37), Guardado (44), Peralta (62), dos Santos (75)

Ikkinchi tur o‘yinlari 11-13 iyul kunlari davomida o‘tkaziladi.

Top