19:04 / 10.07.2015
2319

Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 2ta medal olishdi

Myanma davlatida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatining dastlabki kungi bahslari nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsisi axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, birinchi kungi bellashuvlar O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ikkita medalni taqdim qildi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha Aram Vardyanyan (66 kg) «kumush» bilan taqdirlangan bo‘lsa, Zayniddin Qamariddinov (60 kg) o‘z hisobiga bronza medalini yozib qo‘ydi.

Top