23:19 / 11.07.2015
3315

Eron sharqida terrorchilik bandasi yo‘q qilindi

Eronlik chegarachilar Eronning sharqida yaxshi qurollangan terrorchilarni yo‘q qilishdi. Bu haqda Tehronda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida Eron chegara qo‘shinlari qo‘mondoni, general Qosim Rizoiy ma'lum qildi.

Rizoiyning aytishicha, bartaraf etilgan banda mamlakatning sharqidagi Mirjava chegara oldi shaharchasi hududida chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Rioziyning ta'kidlashicha, banda tarkibida “jangovor harakatlar olib borish va teraktlarni uyushtirishda tajribaga ega bo‘lgan turli davlatlardan yollanma jangarilar” bo‘lgan.
“Biz ikki soatli jang davomida nafaqat bandani yo‘q qilishga, balki uchta banditni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldik, hozir ular ko‘rsatma berayaptilar”, deb aytdi Rizoiy.

Eronlik chegarachilar, shuningdek, jangarilarning o‘qotar qurollari, uchta artilleriya quroli va ularga o‘q-dorilar, portlovchi fugas va yorug‘lik-shovqinli granatalarni qo‘lga kiritishdi.

Rizoiyning aytishicha, jangarilar hukumat vakillariga qarshi teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lgan hamda Eroning Zahidin, Karmon va Bam shaharlaridagi odam gavjum joylarda teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lganlar.

Top