16:17 / 11.07.2015
2455

Martina Xingis 17 yildan beri ilk marta "Uimbldon" finalida o‘ynaydi

34 yoshli Martina Xingis bugun "Uimbldon" turnirining juftliklar bahsida o‘z sherigi Sana Mirzoy bilan birgalikda Yelena Vesnina hamda Yekaterina Makarova juftligiga qarshi bosh sovrin uchun kortga chiqadi.

Shu tariqa, Martina Xingis 1998 yildan buyon ilk marta "Uimbldon" turniri finalida o‘ynaydi. 17 yil oldin u o‘z sherigi Yano Novotnoy bilan birgalikda shu turnir finalida g‘alaba qozongandi.

1997 yilda ham juftlik bahslarida chempion bo‘lgan Martina Xingis "Uimbldon" turnirlarida yakkalik bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan. U 1996 va 1998 yillarda bosh sovringa ega chiqqan.

Top