10:48 / 12.07.2015
3148

General Asiriy: Koalitsiya Yamandagi tinchlik sulhiga amal qilmaydi

BMT tomonidan e'lon qilingan Yamandagi vaqtinchalik tinchlik sulhiga husiychilar amal qilmasliklari va unga amal qilish bo‘yicha kuzatuv mexanizmi yo‘qligi sababli arab davlatlari koalitsiyasi tinchlikka amal qilishni rejalashtirmayapti, deb aytdi arab koalitsiyasi vakili general Ahmad Asiriy.

Yamandagi to‘qnashuvlar davomida ikkinchi gumanitar tanaffus BMT tomonidan 10 iyulda mahalliy vaqt bilan 23:59da e'lon qilindi. Vaqtinchalik tinchlik Ramazon oyi oxirigacha davom etishi belgilangan edi. Biroq kolatsiya aviatsiyasi tinchlik e'lon qilingandan 2 soat o‘tib, Yamanning bir nechta tumanlariga zarbalar berdi.

Asiriy Saudiya Arabistonining Riyadh gazetasiga bergan izohida koalitsiya bir tomonlama tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor emasligini va bunday chora hech qanday samara bermasligini aytib o‘tdi. General to‘qnashuvning barcha tomonlari tinchlik o‘rnatilishiga rozi bo‘lganliklari haqidagi ma'lumotni inkor etdi.

“Dastlab tinchlikka husiychilar amal qilishlari kerak va bo‘layotgan voqealarni kuzatib, qoidabuzarlarni javobgarlikka tortishi mumkin bo‘lgan BMT kuzatuvchilari ishtirokida buni kuzatishning mexanizmi mavjud bo‘lishi kerak”, deb aytdi Asiriy.

Asiriy shuningdek husiychilarni mamlakatga olib kelinayotgan insonparvarlik yordamini go‘yoki o‘zlashtirib olib, uning taqsimlanish jarayonini murakkablashtirayotganlikda aybladi.

Top