10:28 / 12.07.2015
2088

Tunisdagi terakt bo‘yicha tekshiruvlarda 127 kishi hibsga olindi

Tunis hukumati 26 iyun kuni Sus shahri yaqinidagi mehmonxonalarda amalga oshirilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 127 kishi hibsga olinganini ma'lum qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Tunis Ichki ishlar vazirligining siyosiy tanglik holati bo‘yicha maxsus guruhi boshlig‘i Kamil Jandubi tergov-surishtiruv ishlari jarayonida 700 martadan ortiq tezkor amaliyotlar amalga oshirilganini ma'lum qildi.

U bu jarayonga politsiya xodimlari, armiya askarlari va ko‘ngillilardan iborat 100 mingga yaqin kishi jalb etilganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Ma'lum qilinishicha, hozirda O‘rta Yer dengizi sohilidagi mehmonxonalar, madaniy yodgorliklar va sohilbo‘yi majmualarini qo‘riqlash uchun 3 ming nafar politsiyachi safarbar etilgan.

Top