14:25 / 15.07.2015
2852

Toshkentda OneTouch Idol 3 smartfoni 1,6 mln so‘mdan sotilmoqda

O‘zbekistonda Alcatel kompaniyasining noodatiy smartfoni - OneTouch Idol 3 sotuvga chiqdi. MWC 2015 ko‘rgazmasida taqdim etilgan smartfonni suhbat chog‘ida istalgan tomonga aylantirib foydalanish mumkin.

Smartfon 5,5 hamda 4,7 dyuymli versiyalarda sotuvga chiqarilgan.

Katta ekranga ega smartfonga IPS texnologiyasida yaratilgan displey, 8 yadrodan iborat 64 bitli Snapdragon 615, 2 GB tezkor hamda 16/32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Asosiy kamera 13 Mp hamda old kamera 8 Mp. Akkumulyator quvvati 2910 mA/soatni tashkil etadi.

Kichik smartfon 4 yadroli 1,2 taktli chastotada ishlaydigan Snapdragon 410 protsessorida ishlaydi. Akkumulyator quvvati 2000 mA/soatni tashkil etadi. Old kamera 5 Mp.

Toshkentdagi “Fleshka” (“Malika”) savdo markazida 5,5 dyuymli versiya taxminan 1,6 mln, 4,7 dyuymli versiya 1,1 mln so‘mdan sotilmoqda. 

Top