19:27 / 17.07.2015
3747

Apple va Samsung smartfonlarni elektron SIM-kartalar bilan jihozlaydi

Apple va Samsung kompaniyalari smartfonlarni operatorni o‘zgartirish imkonini beradigan elektron SIM-kartalar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.

Oddiy SIM-karta operatorni o‘zgartirishga imkon bermaydi, ichki o‘rnatilgan elektron SIM-karta bilan esa abonentlarda uyali aloqa operatorlarini qurilmaning sozlamalariga kirib o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Elektron SIM-kartani ishlab chiqish o‘zining yakunlovchi bosqichida turibdi va yaqin orada ushbu yangi aloqa standarti e'lon qilinadi.

Elektron SIM-kartalar Apple va Samsung qurilmalariga 2016 yildan joriy qilinishi kutilmoqda. Biroq elektron SIM-kartalar hozircha Apple SIM ning o‘rnini, har holda iPhone 6S da, egallamaydi.

Top