17:00 / 17.07.2015
3092

PlayStation 4 yana oyning eng xaridorgir konsoliga aylandi

NPD Group kompaniyasi AQSh videoo‘yinlar bozori bo‘yicha oylik statistikani e'lon qildi. Iyun yakunlariga ko‘ra sohada o‘sish kuzatildi.
Aytilishicha, o‘tgan oyda AQShda konsollar va qo‘shimcha aksessuarlarga 869.4 mln dollar sarflandi. Bu o‘tgan yil iyuniga nisbatan 18 foizga ko‘proqdir – o‘shanda bozor hajmi 734.7 mln dollarni tashkil qilgan edi.

Eng katta o‘sish aksessuarlar segmentida kuzatildi – undagi tushum 210.7 mln dollarga yetib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga (157.2 mln dollar) nisbatan 34 foizga ko‘proqdir.
Konsollar sektoridagi o‘sish 8 foizga teng bo‘ldi. Ular bozor hajmining 313.1 mln dollarini keltirdi (o‘tgan yilning shu oyida – 291.1 mln dollar). Yangi avlod statsionar konsollari ichida eng xaridorgiri deb PlayStation 4 topildi. Joriy yilda bu uskuna besh marta sotuvlar yetakchisiga aylanib ulgurdi. Uning asosiy raqibi Xbox One faqatgina aprel oyi yakunlariga ko‘ra birinchilikni qo‘lga kiritdi.

O‘yinlar kompaniyalarga 345.5 mln dollar keltirdi. Bu o‘tgan yilgi 286.5 mln dollarlik ko‘rsatkichdan 21 foizga ko‘proqdir. Iyunning eng mashhur loyihalari quyidagilar bo‘ldi:
1. Batman: Arkham Knight (PS4, XBO, PC);
2. The Elder Scrolls Online: Tamriel Unlimited (XBO, PS4, PC);
3. Lego: Jurassic World (360, XBO, PS4, PS3, 3DS, Wii U, PC);
4. The Witcher 3: Wild Hunt (PS4, XBO, PC);
5. Splatoon (Wii U);
6. Minecraft (360, PS3, XBO, PS4);
7. Grand Theft Auto V (XBO, PS4, 360, PS3, PC);
8. Mortal Kombat X (PS4, XBO);
9. NBA 2K15 (360, PS4, XBO, PS3, PC);
10. Call of Duty: Advanced Warfare (XBO, PS4, 360, PS3, PC).

Top