19:17 / 19.07.2015
2498

Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligi Erondan sanksiyalar tezroq olinishi tarafdori bo‘lib chiqmoqda

Erondan sanksiyalarning olinishi iloji boricha tezroq amalga oshirilishi kerak, deb aytdi Shveytsariya Tashqi ishlar vaziri Dide Burkxalter Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.

“Mening fikrimcha, sanksiyalarning olinishi iloji boricha tezroq amalga oshirilishi kerak, shu bilan birga, kelishuvda nazarda tutilgan shartlarning bajarilishi harakatlarimizning maqsadi bo‘lishi kerak”, deb aytdi Burkxalter.

Burkxalterning aytishicha, AQSh ekstremizmga kurash borasida Eron bilan hamkorlik qilish imkoniyatlariga qaramasdan Eronni ittifoqchi sifatida qabul qilmaydi.

Top