10:28 / 22.07.2015
3445

470 ming dona Fiat Chrysler avtomobillari xakerlar qo‘liga o‘tishi mumkin

Ilgariroq AQSh milliy xavfsizlik agentligida ishlagan Charli Miller va IOActive avtomobil xavfsizligi kompaniyasi direktori Kris Valasek harakatdagi avtomobil boshqaruvini internet orqali qo‘lga kiritgani haqida xabar qilingan edi.

Xakerlar bu ishni telefon va noutbuk orqali amalga oshirganlarini ma'lum qilishdi.

Shu tariqa, ekspertlarning fikricha, shu tizimda ishlaydigan 470 ming Fiat Chrysler avtomobillari xavf ostida qolmoqda.

Top