01:41 / 22.07.2015
7486

Ramzon Qodirov Saudiya Arabistoni qirolining Rossiyaga kelishi ehtimoli mavjudligini aytdi

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Rossiyaga joriy yilda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud kelishi mumkinligi, Checheniston esa bu mamlakatning uchta delegatsiyasini kutib olishini aytdi. Bu haqda Ramzon Qodirovning instagramdagi sahifasida ma'lum qilindi.

Checheniston rahbari ma'lum qilishicha, Jiddada uning ishtirokida valiahd shahzoda o‘rinbosari, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ushbu uchrashuvda shuningdek qirol ma'muriyati rahbari, tashqi ishlar vaziri, madaniyat va axborot vaziri, qirollikning xavfsizlik xizmati rahbari ishtirok etgan.

Qodirovning aytishicha, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Chechenistonning terrorchilik, ekstremizmga qarshi kurashi va iqtisodiyotining rivojlanishi tajribasi noyob ekanligini aytib, Chechenistonga tashrif buyurish istagini bildirgan.

Top