09:40 / 22.07.2015
2287

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida sodir bo‘lgan YTHda 11 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida avtobus bilan yuk mashinasining to‘qnashib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 22 kishi jarohatlandi. Bu haqda IIVning rasmiy sayti orqali axborot berildi.

Avtobus Krasnoyarskdan Sharipovoga ketayotgan chog‘da yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Boshqa tafsilotlar ma'lum emas.
YTH joyida 30 nafar qutqaruvchi va 5ta texnika birligi ishlamoqda.

Top