14:51 / 22.07.2015
2229

Turkiyaning Suruch tumanida 2 nafar politsiyachi o‘ldirildi

Turkiyaning shimoli-sharqida noma'lum shaxslar hujumi natijasida 2 nafar politsiyachi o‘ldirildi. Bu haqda NTV telekanali xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, bu hujum Suruch shahri yaqinidagi Shonliurf shaharchasida ro‘y bergan.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Suruch shahrida terakt amalga oshirildi va 32 kishi halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Turkiyaning bir qator shaharlarida Turkiya hukumatini bu qurbonlar uchun ayblagan kishilar norozilik namoyishlarini boshlashdi.

Top