00:32 / 22.07.2015
2903

Xitoy Oliy sudi qarzdorlarga yuqori tezlikdagi poyezdlarda yurishni taqiqlab qo‘ydi

Xitoy Oliy sudi sud instansiyalarining qarorini bajarmagan shaxslarga yuqori tezlikdagi poyezdlarda yurishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Xitoy sud hokimiyati oliy organi xabarida ma'lum qilinmoqda.

Oliy sud chiqargan qarorga ko‘ra, “sud qarorini bajarmagan shaxslarga katta xarajatlar hamda normal hayot va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni amalga oshirish taqiqlanadi”. Xitoy sud hokimiyati oliy organi vakilining aytishicha, yuqori tezlikdagi poyezdlarda harakatlanish shunday xizmat turlaridan biri hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, agar sud qarorini yuridik shaxs bajarmagan holatda unda uning rasmiy vakillari, rahbarlari va sud tomonidan qo‘yilgan majburiyatlarning bajarilishiga bevosita mas'ul bo‘lgan xodimlariga nisbatan “jismoniy shaxslarga nisbatan amal qiladigan taqiqlovlar qo‘llanadi”.

Top