22:11 / 23.07.2015
4068

Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan chegarani ochishni avgust boshiga qoldirdi

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi bojxona punktlari avgustda olib tashlanadi.

Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil energetika va sanoat vazirligi yig‘ilishida ma'lum qildi.

“Avgustning birinchi sanalarida Qozog‘iston chegarasidagi bojxona punktlari tantanali ravishda olib tashlanadi”, deb aytdi Dil.

Dilning aytishicha, bungacha “yengni shimarib ishlashga to‘g‘ri keladi”.
Qirg‘iziston “Manas” va “O‘sh” aeroportlarida, To‘rugart va Irkeshtamda bojxona o‘tkazish punktlarini qurishi hamda sanitar, fitosanitar va veterinar nazorat sohalarida muayyan tadbirlarni, zaruriy karantin tadbirlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

“Bizning oldimizda iqtisodiyot strukturasini o‘zgartirish bo‘yicha muhim vazifa turibdi. Iqtisodiyotning real sektori, sanoatni rivojlantirish zarur”, deb aytdi Dil.

Avvalroq Qirg‘izistonning Qozog‘iston bilan chegarasi ochilishi ikki marta ortga surilgan edi – avval chegara mayda, keyinroq 25 iyulda ochiladi, deb aytilgan.

Top