Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:08 / 23.07.2015
4457
1 daqiqa o‘qiladi
Tehrondagi namoyishni tarqatish paytida 200 nafardan ortiq o‘qituvchi hibsga olindi
Eron poytaxti Tehron shahrida uyushtirilgan namoyishni tarqatish vaqtida 200 nafardan ortiq o‘qituvchi hibsga olindi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, 23 iyul kuni Eron parlamenti binosi oldida o‘z hamkasblarining ozod qilinishini talab qilgan kishilar tinch namoyishga yig‘ilgan. Ularning 200 nafardan ortig‘i politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu norozilik namoyishida jami 2 ming nafardan ortiqroq ziyolilar ishtirok etishgan.